Qahramonlik ko‘rsatgan o‘quvchilar taqdirlandi
Maktab bitiruvchilari - Shohrux Boborahimov, Murod Saidalimov, Ozod O‘tkirov va Jasur Eshnazarovlarning 1 iyun kuni 4 yoshli Shukronaning hayotini saqlab qolgani haqida xabar qilgan edik.
Bugun viloyat maktagacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Shokir Sultonov Samarqand shahridagi ular o‘qigan 80-umumta’lim maktabida bo‘lib, ular ko‘rsatgan jasorati bugun keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinayotganligi qayd etdi.
- Yurtimizga siz kabi mard, jasoratli va vatanparvar farzandlar kerak, - dedi Sh.Sultonov.
Uchrashuvda yosh qizaloq (4 yoshli) Sobirjonova Shukurona Ilhom qizining hayotini saqlab qolib, jasorat ko‘rsatganligi va insoniylik burchini a’lo darajada bajarib, respublikamizning millionlab yoshlariga o‘rnak ko‘rsatganligi uchun maktab bitiruvchilari viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
***
Shuningdek, ularga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 4 ta noutbuk berildi. Bundan tashqari, ularning o‘qishga kirishda qo‘shimcha darslar hamda xorijiy tillarni o‘rganishdagi xarajatlari qoplab beriladigan bo‘ldi.