"Qamchiq" dovonida "benzovoz" yonib ketgan, salonidagi ikki kishi halok bo‘lgan

Bugun, 1 iyul kuni soat 14:25 da Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘li «Qamchiq» dovonining 260-kilometrida Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yong‘in kelib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyga FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan yuk mashinasini tezda o‘chirishga erishgan.

Afsuski, ushbu hodisa oqibatida yoqilg‘i quyish mashinasining salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan.