Jomboydagi avtoturargohda chet el fuqarolariga tegishli yuk avtomobillari yonib ketgan
- 05.07.2021 10:14
- 282
- Hodisa
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Jomboy un zavodi yonidagi magazin yonmoqda" degan videolavha bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, bugun, 5 iyul kuni soat 01:35 da Jomboy tumani Samarqand mahallasi, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Jambul japi Baraka servis” MChJga qarashli avtoturargohda turgan Turkiya davlati fuqarosi, haydovchi T.K. boshqaruvidagi Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli bo‘lgan “VOLVO” rusumli yuk avtomobili to‘liq yongan hamda Turkiya davlati fuqarosi, haydovchi S.K. boshqaruvidagi Qirg‘iz Respublikasiga tegishli bo‘lgan “IVEKO” rusumli yuk avtomobili qisman yongan.
Yong‘inga 4 ta YoQE 01:48 da yetib borib, 02:05 da hudud o‘rab olingan. Soat 02:40 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘inda jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda.