Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uy oldida turgan «Lasetti» tunda yonib ketdi

Bugun, 24 mart kuni soat 02:00 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasida joylashgan 70-uyning oldi tomonida to‘xtab turgan, fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan "Lasetti" rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, ammo avtomobilning ma’lum qismi zararlangan.

Hodisa yuzasidan Yashnobod tumani favqulodda vaziyatlar va tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari B xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati barcha haydovchilardan transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini, avtomobildagi elektron moslamalarni mutaxassislar nazoratidan o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazib turishlarini so‘rab qolgan.