Samarqand shahridagi avtoturargohda yengil avtomobil yonib ketdi

Bugun, 17 noyabr kuni soat 13:54 da Samarqand shahar «Narpay» ko‘chasida joylashgan avtoturargohda to‘xtab turgan, 1992 yilda ishlab chiqarilgan "Volvo-940" avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.

Yong‘in joyiga yetib borgan tezkor guruh soat 14:08 da uni o‘chirgani aytilmoqda.

Hodisa elektr simlari qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan va avtomobilning motor qismi hamda old shinalari yonib zararlangan.

Hozirda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat oqibatida jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.