Qanday qilib kulgi umrni uzaytiradi?
Inson kulayotganda birinchi navbatda tana bo‘shashadi. Shu sababdan besh daqiqalik kulgi 40 daqiqalik dam olish bilan tenglashtirilgan. Bundan tashqari, kulgi og‘riqni kamaytiradigan, hatto bostiradigan, shuningdek, endokrin tizim faoliyatini nazorat qiluvchi quvonch gormoni endorfin ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Bundan tashqari, kulgi inson tanasiga toza havoda jismoniy mashqlar bilan o‘xshash ta’sir ko‘rsatib, yurakni mustahkamlaydi. Odam kulayotib 80 ga yaqin mushaklarni faollashtiradi, qorin bo‘shlig‘i, yelkalar, ko‘krak qafasi va diafragmani mashq qildiradi.
Kulgi paytida havo o‘pkadan soatiga 100 kilometr tezlikda chiqib ketishi juda qiziq!
Kulgi vazn yo‘qotishga ham yordam beradi: 10-15 daqiqada bir plitka shokoladga teng kaloriyani "yoqish" mumkin. Tajribalar shuningdek, kulgi qon bosimini atigi o‘n daqiqada 10-20 millimetr simob ustunga kamaytirishini tasdiqladi. Kulgi insonga quvvat bag‘ishlaydi va albatta kayfiyatni ko‘taradi.