“Qarshi-Samarqand” yo‘nalishida harakatlangan avtomashinadan 300 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht borligi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
“Qarshi-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro X.G‘. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, jami 300 kg go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.