Qarzdor qo‘liga kishan tushgach, yaqin qarindoshlari aliment pulini to‘lab berdi
MIBning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2020 yil 21 fevraldagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.I.dan undiruvchi G.N. foydasiga voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan.
Aliment to‘lovini unutib qo‘ygan fuqaro Sh.I.ning jami qarzdorligi 41 million 861 ming so‘mdan ko‘p bo‘lsa-da, to‘lovni amalga oshirmagan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-(4)-moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2024 yil 23 apreldagi qaroriga asosan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Shunda sud zalining o‘zida uning yaqin qarindoshlari aliment pullarini undiruvchi G.N.ga tilxat asosida topshirdi. Natijada Sh.I. jazodan ozod qilindi.
Farrux RAYIMOV,
MIBning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.