Qashqadaryo viloyatiga yangi rahbarlar tayinlandi: Bir qator tuman va shahar hokimlari ishdan olindi

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Erkabay Tadjiyev Qashqadaryo viloyati prokurori etib tayinlandi.

Shuhrat Sotiboldiyev Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Azamat Bozorov esa viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlari hokimlari mas’uliyatsizligi sabab, shuningdek, Kitob tuman hokimi sog‘ligi yomonlashganligi sabab o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.