Qashqadaryoda kuchli yog‘ingarchilik ortidan poyezd relsi cho‘kib vagonlar osilib qoldi
Aytishlaricha Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘i hududidan o‘tgan temir yo‘l relsi kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng cho‘kkan va unda harakatlanayotgan poyezd vagonlari osilib qolgan. Kuchli jala yog‘ishi oqibatida yer sathi cho‘kkan va temir yo‘llarga ham ziyon yetgan, deya xabar berishmoqda.
Bu haqda Xushnudbek Xudayberdiyev o‘zining xushnudbek.uz telegram kanalida xabar bermoqda.
Suratni jo‘natgan manba "Mutaxassislar muammoni bartaraf etish bo‘yicha qizg‘in ishlarni amalga oshirmoqda" deb ma’lumot beribdi. Bu suratda ham ko‘rinib turibdi.