Qashqadaryoda to‘qnashuv sabab ikkita "Damas" yongan

Bugun, 25 sentyabr kuni soat 08:00larda Qarshi tumani Xonobod qishlog‘ini kesib o‘tuvchi 4P-79 - “Qarshi-Chшm-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida mudhish yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qarshi tumani Xonobod qishlog‘ida yashovchi Qalandarov Akmal Faxriddin o‘g‘li boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli, 70 L 713 GA davlat raqamli avtomashina ro‘parasidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Ergashev Hasan Asqar o‘g‘li boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli, 70 Q 347 JA davlat raqamli avtomashinasi bilan tuqnashib ketgan. To‘qnashuv natijasida yuzaga kelgan yong‘in sabab avtomashinalar yongan.
Ushbu mudhish hodisa oqibati 5 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. 4 nafar fuqaro omon qolgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.