Qashqadaryolik zargar Amir Temur uzugini tiklamoqda

Hunarmandlar sulolasining oltinchi avlodi mohir zargar Sharif Raupov G‘uzor tumanidagi Chaqar mahallasida istiqomat qiladi. Endigina 26 yoshni qarshi olgan bo‘lsada, o‘zbek milliy zargarlik san’ati rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, deb yozmoqda O‘zA.

Ayni kunda Sharifjon asrlar suronida O‘zbekistondan olib ketilgan nodir zargarlik buyumlarining nusxalarini qayta tiklayapti. Masalan, “Jevak” deb ataluvchi taqinchoqning asl nusxasi Sank-Peterburgdagi “Ermitaj” muzeyida saqlanmoqda. Unga kumush, asl marjon, marvarid kabi qimmatbaho toshlar bilan zeb berilgan.

– Ikki yildan buyon Amir Temur bobomizning uzugini tiklayapman, – deydi Sh.Raupov. – Sarkardaning uzugi juda noyob bo‘lgan. Uning ustida Temuriylar saltanatining muhri bo‘lgan. Mustaqillik bayramigacha tayyor bo‘ladi nasib etsa. Asli esa, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi muzeyda saqlanadi.