Qashshoqlikdan qutulish uchun sigir o‘g‘irlagan milliarder

Hyundai kompaniyasi asoschisi Chon Chju-yon hozirgi Shimoliy Koreya hududida, kambag‘al oilasida tug‘ilgan. Oilada eng katta farzand - Chon otasi bilan birga kuniga 16 soat ishlardi. Ammo hayotidan qoniqmaslik hissi uni yanada ko‘proq mehnat qilishga undardi...
Bir kuni u hayotini yaxshilash maqsadida otasining sigirini o‘g‘irlab, pullaydi va Seulga poyezd chiptasini sotib oladi…

Seulga kelib u avtoulovlarni ta’mirlash ustaxonasini ochadi. Mashinalarni ta’mirlash g‘oyasi juda muvaffaqiyatli chiqadi. 3 yil ichida xodimlar soni 70 kishiga ko‘payadi va biznes yaxshi daromad keltira boshlaydi.

Kunlarning birida Chonga Koreya texnologiyasidan foydalangan holda mashina yasash g‘oyasi keladi. 1986 yilda u Hyundai Pony Excel avtomobilini taqdim etadi va bu juda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Bugungi kunda mashhur Hyundai kompaniyasi shunday paydo bo‘lgan.
Ammo o‘tmishda qilgan yaramas ishi milliarderga halovat bermaydi. 1998 yilda Chon Chju-yon o‘g‘irligi uchun kechirim sifatida o‘z qishlog‘iga 1001 sigir yuboradi.

G.Xoldorova tayyorladi.