Qatag‘on qurbonlarining yaqinlari muzeyga taklif etildi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimizning farzandlari, nabiralari, mehnat faxriylari taklif etildi.
Muzey direktori M.Muqimov, professor S.Karimov, qatag‘on qurbonlarining yaqinlari N.Azizov, A.Aqmuradov, T.Amirov 1941-1945 yillarda janggohlarda yarador bo‘lib asirga tushgan, fashist konslagerlari azobini tortgan, keyinchalik yana sobiq ittifoq tuzumi davrida qatag‘on qilingan ayrim samarqandliklarning fojiali taqdiri haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.
D.Xodjayeva,
muzey xodimi.