Qaysi bankir ko‘p kitob o‘qigan?
Viloyat bank tizimi xodimlari o‘rtasida ikkinchi bor o‘tkazilayotgan “Eng kitobsevar xodim” tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.
Ushbu saralashda Samarqanddagi 18 ta tijorat banki hamda Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasida o‘tkazilgan birinchi saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan 82 nafar kitobxon o‘zaro bellashdi.
Bu yilgi saralash bosqichida bir qator rahbarlarning, shuningdek, final yo‘llanmasi uchun Samarqand shahridan tashqari 9 hududdan ham xodimlar qatnashayotgani e’tiborli bo‘ldi.
Saralash bosqichi Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Qatnashchilar bilimi universitetning axborot texnologiyalari markazida test sinovi orqali baholandi.
11 nafar xodim musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.