Qaysi metall dunyoda eng qimmat hisoblanadi?
#O‘qing_qiziq!
Garchi insoniyat metalldan tuzilmagan bo‘lsa-da, u sivilizatsiyaning bu boyligidan hamma joyda, har jabhada faol foydalanib keladi. Bugungi reytingda dunyoning taniqli tovar birjalari tomonidan 2021 yilda sotiladigan eng qimmat metallar o‘ntaligi joy olgan.
Kumush
Har yili dunyoda 40 ming tonna kumush ishlab chiqariladi. U ko‘p asrlar davomida o‘z qiymatini saqlab kelgan ishonchli va talab qilinadigan investitsiya vositasidir. Kumushning 1 kilogramm bahosi 89 AQSh dollariga teng.
Skandiy
Skandiysiz ilmiy tadqiqotlar, qiruvchi samolyotlar, beysbol tayoqchalari, shuningdek sun’iy yo‘ldoshlar va insoniyatning yana ko‘p boshqa ishlab chiqarishlarining imkoni bo‘lmasdi. Yiliga 15 tonnadan 20 tonnagacha ishlab chiqariladigan metallning 1 kilogramm bahosi 3460 AQSh dollariga teng.
Reniy
Elektrotexnika va elektronikada keng qo‘llaniladi. Reniysiz aerokosmik sanoati, aviatsiya va metallurgiya sohasi qiynalgan bo‘lar edi. Yiliga 50-60 tonna ishlab chiqariladigan metallning narxi 4150 $/kg.
Ruteniy
Elektrokimyo sanoatining ajralmas qismi hisoblanadigan ko‘p sonli foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan platina guruhining vakili ruteniyning yillik ishlab chiqarish hajmi 30 tonnaga teng. Bu elementni sotib olish uchun kilosiga 9002 AQSh dollari to‘lanishi kerak bo‘ladi.
Osmiy
Kilosi 12 800 AQSh dollari qilib belgilangan metall naychali yozuv qurolidan foydalanishni istaysizmi? Osmiy patifonda aylanadigan elektr aloqalar o‘rnatadigan ignalar, jarrohlik implantlari, optik mikroskop va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Platina
Platinaning yillik ishlab chiqarilishi 160 tonnadan oshmaydi. Platina sayyoradagi eng qimmat metallardan biri hisoblanadi – uning bugungi kundagi narxi kilosiga 34 562 AQSh dollariga teng. Qo‘llash sohalari – zargarlik buyumlari, stomatologiya, qurol-yarog‘ va hokazolar.
Oltin
Butun insoniyat tarixi davomida eng mashhur va talab qilinadigan metall. Asosan zargarlik sohasida qo‘llaniladigan oltinning xalqaro valyuta narxi kilosiga 58 836 AQSh dollari qilib belgilangan.
Palladiy
Yetakchi uchtalikni yiliga 200 tonna ishlab chiqariladigan, bahosi esa kilosiga 77 837 AQSh dollari teng keladigan palladiy ochib beradi. Palladiy aerokosmik, aviatsiya, stomatologiya va boshqa ko‘plab sohalarda qadrlanadi.
Iridiy
Samolyot dvigatellari hamda chuqur suv ostida olib boriladigan ishlarda faol qo‘llaniladigan iridiy sayyoradagi ikkinchi qimmatbaho kimyoviy element hisoblanadi. Yiliga 3 tonna ishlab chiqariladigan iridiyning bir kilosi 102 880 AQSh dollari turadi.
Rodiy
Platina guruhidagi eng qimmat va olijanob metall bu – rodiy elementi. Har yili 30 tonnagacha qazib olinadi va rodiyning bir kilosi 675 166 AQSh dollariga teng. U katta talabga ega va kamdan-kam uchraydi, u nometall buyumlar, oyna ishlab chiqarishda, atom va zargarlik sanoatida keng qo‘llaniladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.