Qirg‘izistondan xat: Urushda qatnashgan bobomning qayerda dafn etilganini Samarqandda bildim

Marosim men bobomni, ya’ni 148-o‘qchi diviziyasining 496-o‘qchi polki jangchisini qidirgan joyda boshlandi. Bobomning shu yerda dafn etilganini Samarqand viloyati memorial taxtasidan topgandim va Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi hamda Qirg‘izistonning «Nasha Pobeda – Bizdin Jenish» qidiruv harakatidan ma’lumotga aniqlik kiritishni so‘ragandim.

Qidiruvchilar Bolshekolchevskda dafn etilganlar nomlari yozilgan yodgorlikning suratini izlashdi va unda bitta mening bobom Xalil Musinovning ism-sharifigina yozilganini aniqlashdi. Hujjatlarda esa uning safdoshlaridan yana 28 jangchining nomlari qayd etilgandi.

Vojova (Atyayevka)da rasman qayta dafn qilingunga qadar yodgorlikda 60 jangchining nomi qayd etilgan bo‘lsa, endi ular 119 nafarga yetdi. Ro‘yxatda qayd etilganlardan 3 kishi urushdan tirik qaytgan. Ulardan 2 jangchi O‘zbekistondan, 1 kishi Ryazan oblastidan.

Men nafaqat bobom, balki qolgan 28 nafar sobiq jangchilar uchun ham yodgorlik lavhasi tayyorladim va ularni keng jamoatchilik ishtirokida o‘rnatdik.

Orlov oblasti Kromsk rayonini dushmandan ozod qilishda halok bo‘lganlar xotirasini yod etib osh tortdik.

Xalq qahramonlari qabrini topishda yordam bergan barcha qidiruvchilarga oilam nomidan minnatdorlik bildiraman.

Komil RAShIDOV,

O‘zbekistonning Qirg‘iziston Respublikasidagi elchisi.