Qirg‘iziston rahbari mamlakat Bosh vazirini iste’foga chiqardi
- 09.10.2020 14:45
- 340
- Xorij

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat Bosh vaziri Qubatbek Boronovni iste’foga chiqardi, buyruq imzo qo‘yilgan kundan boshlab kuchga kirdi. Bu haqda 9 oktyabr kuni Radio Sputnik xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Boronov va boshqa vazirlar yangi vazirlar mahkamasi shakllanguniga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi. Shu bilan birga, mamlakat hukumati ham iste’foga chiqarildi, deb hisoblanmoqda.
“Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov buyruqqa imzo qo‘ydi, unga ko‘ra... Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Qubatbek Boronov iste’foga chiqarildi”, - ma’lum qildi davlat rahbarining matbuot xizmati vakili.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayotni sog‘lom tarzda boshlash — farovon kelajak garovi
- 14 daqiqa avval
- Salomatlik
Tramp tariflari ta’sirida Osiyo bozorlari "qulamoqda"
- 31 daqiqa avval
- Xorij
Bryusseldan Samarqandgacha
- Kecha, 19:05
- Siyosat