Qishloq xo‘jaligi uchun yerlarni berishda xorijdan qaytgan migrantlarga alohida ustuvorlik beriladi, hokimlarning vakolati qisqartiriladi
- 25.03.2022 10:58
- 133
- O‘zbekiston
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.
Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.
Shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni tanlov orqali ijaraga berishda 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.
Teglar:
migrantlar