Qizil kitob qanday tayyorlanadi?

Nizomga muvofiq, Qizil kitob O‘zbekiston hududida kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklar muhofazasi, ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.
Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo‘yicha vakolatli davlat tashkilotlari etib quyidagilar belgilandi:
uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo‘yicha – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qo‘mitasi;
uni nashr etishga tayyorlash bo‘yicha – Fanlar akademiyasi.
Nizomga ko‘ra, Qizil kitobga hayvonot va o‘simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni Fanlar akademiyasining Zoologiya hamda Botanika institutlari ishlab chiqadi.
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) kamyoblik maqomi va yo‘qolib ketish xavfiga ko‘ra quyidagi kategoriyalarga mansub bo‘ladi:
- kategoriya 0 – (“Ehtimol yo‘qolib ketgan”);
- kategoriya 1 – (“Yo‘qolib ketish arafasida”);
- kategoriya 2 – (“Miqdori va/yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”);
- kategoriya 3 – (“Kamyob”);
- kategoriya 4 – (“Maqomi aniqlanmagan”);
- kategoriya 5 – (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”).
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarning davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.
Manba: Xs.uz