Qobuldagi sikxlar ibodatxonasiga uyushtirilgan hujum oqibatida vafot etganlar soni 25 kishiga yetdi

Qobuldagi sikxlar ibodatxonasiga jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida vafot etganlar soni 25 kishiga yetdi, sakkiz kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda Tolo News telekanali.
Kamida 80 nafar fuqaro qutqarilgan, ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bo‘lgan, deyildi Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi bayonotida.
Voqea joyida politsiya xodimlari nazorat o‘rnatgan. Hujum uyushtirganlarning barchasi yo‘q qilingan.
Mamlakatning 1TV News telekanali uyushtirilgan hujumga javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti (O‘zbekistonda ta’qiqlangan) o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi.