Qoidabuzar haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga urildi
- 18.04.2020 13:49
- 193
- Jinoyat va jazo
Davlat raqam belgisi 30 O 745 TA bo‘lgan «Damas» avtomobili hech qanday sababsiz 24-nazorat-o‘tish punkti orqali Samarqandga kirishga urindi.
Tabiiyki, ichki ishlar organi xodimi avtoulov haydovchisiga to‘xtash ishorasini berdi. Haydovchi esa boshqaruvni yo‘qotdi va «Damas» borib yuk mashinasiga urildi.
Samarqand tumani ma’muriy sudi qoidabuzar haydovchini 15 kunlik ma’muriy qamoqqa hukm qildi.
Ta’kidlash joizki, Samarqand viloyatida karantin rejimining buzilishi bilan bog‘liq 6200 ta holat qayd etildi. Reydlar davomida 5 mingdan ziyod fuqarolarning tibbiy niqobsiz yurgani aniqlanib, ular javobgarlikka tortildi. Sababsiz skuter va velosipedda harakatlangani uchun 281 kishiga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanildi. 59 nafar yoshlar shahar bo‘ylab guruh-guruh sayr qilgani uchun jarimaga tortildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa