“Qo‘l bilan tegmang, hidlamang, tatib ko‘rmang!”
Dunyodagi eng xavfli bog‘
Angliyaning Nortumberlend shahridagi Alnik qal’asida 100ga yaqin zaharli giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan kichkinagina, ammo halokatli bog‘ bor.
Bir qarashda ajoyib o‘simliklar bilan o‘ralgan 12 gektarlik Alnik zaharli bog‘i qora temir eshiklar ortida joylashgan. Ushbu bog‘ faqat ekskursiya yo‘riqchisi hamrohligida ochiladi. Tashrif buyuruvchilarga o‘simliklarni hidlash, teginish yoki tatib ko‘rish qat’iyan man etilgan. Qal’ada turli zararsiz o‘simliklar bo‘lsa-da, uning qora temir darvozalari ortida o‘sadigan zaharlar o‘ta halokatli.
1995 yilda Nortumberlend gersoginiyasi Jeyn Persiga eri tomonidan qasrning yaroqsiz holga kelgan savdo binolaridan keng ko‘lamli foydalanish vazifasi topshiriladi.
Gersoginya shaxsiy bog‘i boshqalardan ajralib turishi uchun Italiyadagi zaharli Medici bog‘idan ilhom oladi va o‘zining halokatli vohasini yaratishga qaror qiladi.
Bog‘da dafna kabi oddiy ingliz o‘simliklari bilan birga falaj va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan Braziliya Brugmansiyasi, shuningdek, hidi odamlarni sarxush qiladigan turli ekzotik o‘simliklar mavjud.
Bog‘da shuningdek, turli xil giyohvandlik o‘simliklari, jumladan, koka va ko‘knori ekiladi. O‘simliklarning barchasi ulardan farmatsevtika fani - farmakognoziyada foydalanishni o‘rganish uchun ishlatiladi.
Tashrif buyuruvchilar o‘simliklarni hidlamaslik, tegmaslik yoki tatib ko‘rmaslik haqida ogohlantirilganiga qaramay, ko‘pincha bog‘da hushsiz holdagi sayyohlar topiladi.