Qonni suyultirish organizm uchun foydalimi?
Shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboyeva:
♦️Hozirgi kunda koronavirus kasalligida qon quyuqlashishi holatlari kuzatilmoqda. Bemorlar qonni suyultiradigan turli xil preparatlar qabul qilishga harakat qilishmoqda.
♦️Aslida, qon quyuqlashganda, uni suyultirishga emas, qonni normal funsional holatiga qaytarish kerak.
♦️Qon suyuqlashib ketsa, uning ivuvchanligi pasayadi, natijada travma bo‘lganda, ko‘p qon yo‘qotilishi mumkin.
♦️Qon quyuqlashishi infarkt, insultga olib kelsa, suyuqlashishi esa jarohatlarda qonni to‘xtamay oqishiga olib keladi.
Manba: "Oydin hayot LIVE" dasturi. O‘zbekiston telekanali.