Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya tashkil etildi

Bugun xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Kengashning Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya negizida Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya tashkil etildi.

20-Xalqabod saylov okrugidan deputat Tolibboy Eshmanov nomzodi komissiya raisligiga, 31-Loyish saylov okrugidan deputat Sulton Ahmedov nomzodi komissiya kotibligiga tasdiqlandi.

Shuningdek, 36-Payariq saylov okrugidan deputat Baxtiyor Xo‘jayorov, 13-Kildon saylov okrugidan deputat  Farid Burxonov, 19-Ishtixon saylov okrugidan deputat Baxtiyor Ergashev, 59-Jo‘sh saylov okrugidan deputat  Abduhakim Mardiyev, 56-Jozmon saylov okrugidan deputat Mohira O‘tayeva nomzodi komissiya a’zolari etib saylandi.

(Sessiya tafsilotlari bilan keyinroq tanishasiz)