Qor va sovuqni kutgan edik
Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari yoqqan qordan sarosimaga tushib qolganlari yo‘q. Barcha xodimlar, shuningdek, boshqarmaning barcha tumanlaridagi xodimlar ham o‘z ish o‘rnida.
Viloyatdagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari ishchi-xizmatchilari qor tufayli yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf qilishmoqda. Barcha ishchi-xizmatchilar ko‘p qavatli uylarning hovlilari, piyodalar yo‘laklari va ko‘chalarni qordan tozalashga safarbar qilingan.
Samarqand shahri ko‘chalarida, aholi manzillarida qor tozalovchi maxsus texnikalar ham ishlatilmoqda.
Qor, sovuq tufayli muzlagan, yaxmalak bo‘lgan ayrim joylarda gaz ballonlari olib kelinib, olov yordamida eritilib, tozalanmoqda. Ishchilarga deyarli barcha hududlarda issiq ovqatlar, choy va qahvalar tashkil qilindi.
Maqsadimiz aholiga noqulay bo‘lmasligi, hech kim talafot ko‘rmasligidir.
Yo‘l va yo‘laklarni qordan tozalash, obodonchilik ishlari davom etyapti.
Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi axborot xizmati.