Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitoblarini topshirish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 225-moddasiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Soliq to‘lovchilar (bundan kredit va sug‘urta tashkilotlari mustasno) qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini taqdim etadi. Soliq to‘lovchilar, (bundan kredit va sug‘urta tashkilotlari mustasno) qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrlarini taqdim etadi.