Qo‘shningizning yeridan foydalanish huquqingiz bor

Fuqarolik va Yer kodekslariga ko‘ra, ko‘chmas mulk egasi qo‘shni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham foydalanishga haqli.

Bu tartib quyidagi maqsadlarda amala oshiriladi:
- o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
- o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
- o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
- o‘zganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘orish uchun suv olish;
- qishloq xo‘jaligi hayvonlarini o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish.
Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud qaroriga binoan belgilanadi.
Demak, agar sizning o‘z yer uchastkangizga transportda o‘tish uchun yo‘l bo‘lmasa, bu xolatda qo‘shnining yeridan foydalanishingiz mumkin.