Qo‘shrabotda 150 yoshli tol “topildi”

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Qo‘shrabot tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tumanning Oqchapsoy mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Bayramsoy” soyining qirg‘og‘idagi tol taxminan 150 yosh ekanligi aytilmoqda.

Ushbu tol daraxtini Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi qarori hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2020 yil 8 yanvardagi topshirig‘iga asosan davlat muhofazasiga olish belgilangan. Ya’ni, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish va ularni davlat tabiat yodgorliklari, deb qabul qilingan daraxtlarni muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat kadastriga kiritish yuzasidan berilgan topshiriqqa asosan ushbu tol daraxti tuman hokimligi va davlat kadastri ro‘yxatiga kiritish uchun taqdim etildi.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.