Qo‘shrabotda bepul tibbiy ko‘riklar davom etmoqda
Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali xodimlari Qo‘shrabot tumanida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
- Avvalo, kam daromadli oilalar turmush sharoitini o‘rganib, ularni kambag‘allikdan chiqarish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘rganishlar jarayonida aniqlangan sog‘lig‘idan shikoyat qilgan fuqarolar ro‘yxati shakillantirilmoqda, - deydi filial bosh vrachi G. Negmatova. - So‘ngra bu fuqarolar xodimlarimiz tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, bir qancha davolash, tashxislash va skrining tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, Mustaqillik mahallasida 40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida skrining tadbirlari o‘tkazildi va kasallik aniqlangan fuqarolarni davolash choralari ko‘rildi.
68-umumta’lim maktabida bolalar o‘rtasida endokrin kasalliklarni erta aniqlash maqsadida tashkil etilgan ko‘rikda 270 nafar o‘quvchilarning 31 nafarida turli endokrin kasalliklar aniqlanib zarur tavsiyalar berildi.
Tibbiyot birlashmaning jarrohlik bo‘limida filial jarrohlari tomonidan ikki nafar fuqaroda qalqonsimon bezning yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqqiyatli bajarildi va TTB jarrohlariga mahorat darsi o‘tkazildi.
Filial xodimlari tomonidan yotoqdagi bemorlar uylariga borib tekshirildi hamda tegishli, tavsiyalar berishdi.
Endokrin kasalliklar bilan kasallangan o‘ndan ortiq bemorlar filialda davolanmoqda.