Qo‘shrabotda lalmi maydonlardan mo‘l hosil olindi. Qanday qilib?

Joriy yilda “Qo‘shrabot tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tumandagi 10,8 gektar maydonda kartoshka, moyli va dukkakli ekinlar hamda sabzavotlar yetishtirildi. Lalmi maydonlarda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilib, mo‘l hosil olishga erishildi.

Aholini sifatli va arzon qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun asosiy hamda bog‘-tok qator orasiga 2916 gektar maydonda dukkakli, moyli, poliz-sabzavot, kartoshka ekinlaridan yuqori hosildorlikka erishildi.

Tajribadan ma’lum bo‘ldiki, qishloq xo‘jaligida zamonaviy innovatsion texnologiyalar joriy etilsa, lalmi maydondan ham mo‘l hosil olish mumkin ekan. Qo‘shrabotda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari tuman aholisi ehtiyojini qondiribgina qolmay, viloyatning boshqa tumanlariga ham sotilmoqda.

Abduvahob FAYZULLAYeV,

Agroinspeksiyaning Qo‘shrabot tumani bo‘limi katta inspektori.