Qo‘shrabotga 600 nafar shifokor nega bordi?

Ayni paytda Qo‘shrabot tumanida bir nechta murakkab operatsiyalar amalga oshirilishi barobarida 11 ming xonadon ahli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

- Birlamchi tibbiyot tizimi samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish maqsadida viloyatning 23 yirik tibbiyot muassasalari bosh shifokorlari boshchiligida 600 nafarga yaqin shifokor bugun tumanda faoliyat olib bormoqda, - deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Suhrob Zayniyev. - Turli yo‘nalishdagi shifokorlar guruhi tumandagi 45 ta mahallada targ‘ibot ishlarini olib boradi. Shuningdek, aholining salomatlik bilan bog‘liq murojaatlari ham tinglanib, ularga tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Qo‘shrabotda, shuningdek, travmatologiya, endokrinogoliya, akusher-ginekologiya, ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlari sohaning malakali shifokorlari, asosan o‘z yo‘nalishining bosh shifokorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.