Qo‘shrabotlik yigit “Malibu”ni jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga pora berishga urindi
- 09.10.2020 11:55
- 418
- Jinoyat va jazo
Qo‘shrabotlik 20 yoshli N. tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga ichki ishlar xodimiga 400 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida taklif qilgan.
2020 yil 5 oktyabr kuni IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi va Qo‘shrabot tumani prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N. IIB xodimiga 400 AQSh dollari pullarni pora sifatida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
pora
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa