Qovun pashshasi may oyida rivojlana boshlaydi

Fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida qovunning ko‘plab navlari yetishtiriladi. Shu bois ekilgan ushbu poliz ekinini zararkunanda hashoratlardan himoya qilish dolzarb masalalardan sanaladi.

Qovunga katta zarar yetkazadigan hashoratlardan biri bu qovun pashshasidir.  Ushbu pashsha qovun va tarvuzning yosh nihollari bilan oziqlanadi. 

Qovun pashshasi bizning sharoitda uch va undan ko‘p miqdorda avlod beradi. Hashorat  5-15 sm tuproq ostiga g‘umbak holda qishlaydi. May oyi oxirida  qovun palaklarining gullashi va meva tugishi davrida uchib chiqadi. Birinchi avlodining uchish muddati bir oy bo‘ladi. Pashsha qovun yoki tarvuzning yosh nihollarining shirasi bilan ozuqlanadi. Har bir yetilgan naslidan keyin zararkunada 23-30 kundan so‘ng yana  yangi nasl qoldirishni boshlaydi.

Bitta pashsha qovun  po‘sti ostiga bir dona tuxum qo‘yadi va shu taxlit 120 donagacha tuxum ko‘paytiradi.  3-4 kundan so‘ng tuxumdan qurt chiqib, qovun-tarvuzning yumshoq qatlamiga ilonizi yo‘l qoldirgan holda kirib boradi va oziqlanadi.

Qurt qovun ichida 10 kun atirofida yashagandan  so‘ng u yerni tark etadi va 15 sm chuqurlikda gumbakka aylanadi.

Pashshaga qarshi kurashish uchun dastlab poliz maydonida feromon tutqichlar yordamida hashoratlar borligi aniqlanadi. shundan keyin tegishli pereparatlar  yordamida ishlov berish talab etiladi.

Odiljon Shomurodov,

Musurmon Xushvaqtov,

O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Past Darg‘om tumani bo‘limi davlat inspektorlari.