Qoyilmaqom qilib «miyov»lagan hindistonlik ayol “Koinot go‘zali” tanlovida g‘olib chiqdi
21 yoshli Harnaaz Sandxu «Koinot go‘zali» tanlovining 70 yillik yubileyda g‘olib bo‘ldi, deb yozadi PhilStar Global.
Tanlov Isroilning Eylat shahrida o‘tkazildi. Harnaaz go‘zallik tanlovi tarixida ushbu unvonga sazovor bo‘lgan uchinchi Hindiston fuqarosidir.
Sandhu administrator bo‘lib ishlaydi, bo‘sh vaqtlarida u model va aktrisa sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, qiz ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanadi va ayollar huquqi imkoniyatlarini kengaytirish uchun harakat qiladi. Model atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi loyihalarga ham qiziqadi.
Insider nashrining yozishicha, tanlov boshlovchisi, komediyachi Stiv Xarli toj egasi e’lon qilinishi bilan undan «miyovlab» berishni so‘ragan. Sandxu hayvonlarga taqlid qila olishini aytgan va buni ommaga mohirona namoyish etgan.
Ikkinchi o‘rinda Janubiy Afrika Respublikasi vakili Lalela Msvane, uchinchi o‘rinda paragvaylik Nadiya Ferreyra joy oldi.