Qozog‘iston ham bir qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi
- 30.11.2021 11:01
- 81
- Xorij
Qozog‘iston koronavirusning yangi shtammi bilan kasallanish holatlari aniqlangan davlatlar bilan aviaparvozlarni to‘xtatdi. Shuningdek, Qozog‘iston hukumati ayrim davlatlardan chet elliklarning kirishiga ham cheklov o‘rnatmoqda.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Marat Shoranovning ma’lum qilishicha, respublikaga Botsvana, Lesoto, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Esvatini, Tanzaniya va Gonkongdan kelgan xorijlik fuqarolarning kirishi cheklanadi.
“Omikron” yangi shtammining paydo bo‘lishini hisobga olib, respublika hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 3 dekabrdan bir qator cheklov choralarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Misr bilan ham aviaqatnovlarni to‘xtamoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!