Qozog‘iston Prezidenti mamlakatda joriy etilgan favqulodda vaziyat holati vaqtini uzaytirdi
- 27.04.2020 17:15
- 252
- Xorij
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev koronavirus tufayli joriy etilgan favqulodda vaziyat holatini 11 may sanasiga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror imzoladi.
Mamlakatda bugungi kungacha 2717 (+116) nafar kasallanish holati qayd etilgan, ulardan 25 nafar bemor vafot etgan va 682 nafar bemor sog‘aygan. Qozog‘istonda favqulodda vaziyat holati 16 martdan buyon amal qilib kelmoqda. Biroz ilgari favqulodda vaziyat holati 1 mayga qadar uzaytirilgan edi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror kuzatilayotgan holat oqibatida qabul qilindi.
“Qonunga muvofiq epidemiya xuruji qayd etilmagan taqdirda FV holati 11 mayda tugatiladi. Epidemik xuruj avj olmaydi, deb umid qilaman”, - dedi mamlakat Prezidenti.
Teglar:
Qozog‘iston