Qozog‘iston prezidenti o‘zining ilk rasmiy tashrifini Rossiyaga amalga oshiradi
- 29.03.2019 09:00
- 29
- Xorij
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Tokayev 3 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Oqo‘rda matbuot xizmatidan qayd etilishicha, Tokayev safari “dasturining asosiy punkti” Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishdan iboratdir.
Ikki davlat rahbarlari uchrashuvi kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro mavzular joy olgan, deyiladi xabarda.
Tashrif yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa