Qozog‘iston Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Bundan maqsad iqtisodiy hamkorlik, Afg‘onistonni mintaqalararo aloqalarga faol jalb etish, deyilmoqda Qozog‘iston OAVlarida.

Qozog‘iston Afg‘onistondan bir qancha tovarlar, asosan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlarini olib kiradi. Xususan, Afg‘onistondan Qozog‘istonga ziravorlar, quritilgan mevalar, afg‘on madaniyatiga xos bo‘lgan va xalqaro bozorda xaridorgir bo‘lgan gilam kabi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadi.
Afg‘oniston o‘zining tabiiy resurslari va ayniqsa, bugungi kunda jahon bozorlarida yuqori baholanayotgan qimmatbaho metallarga ham boy. Bugun Afg‘onistonda Tolibon kuchini tan olmay, turli sohalarda Rossiya, Xitoy, Eron, Turkiya va Qatar davlatlarining turli kompaniyalari ish olib bormoqda. Tolibon hukumatining tan olinishi esa ma’lum bir raqibni keltirib chiqarishi, shuningdek, Qozog‘istonga Afg‘oniston bozoriga rasman kirish imkonini berishi mumkin.