Qozog‘istonda 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTHda hamyurtimiz vafot etdi
O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 29 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:15 da “Samara-Chimkent” trassasining 896-km.da 3 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Avtomobillarning ikkitasida 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Hodisa oqibatida o‘zbekistonlik M.A. vafot etdi.
Sadafxon Ahmataliyevna Yunusova va Oybek Xotamjon o‘g‘li Mo‘minjonov jarohat olgan va Aqto‘be viloyati Xromtau tumanidagi kasalxonaga joylashtirilgan. Olingan ma’lumotlarga binoan ularning sog‘liklari holati barqaror.
8 nafar o‘zbekistonlik ayni paytda Xromtau shahridagi “Sherxan” kempingida bo‘lib turibdi. YTH bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda Aqto‘be viloyati Xromtau tumanining tegishli organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatilgan.