Qozog‘istonda 9 may paradi o‘tkazilmaydi, Moskvada ham qozoq harbiylar iishtirok etmaydi

Mudofaa vazirligining iqtisod qilingan mablag‘lari Qozog‘iston armiyasini tayyorlashga yo‘naltiriladi.

Avvalroq Qozog‘iston Mudofaa vazirligi 2023 yil 9 may kuni harbiy parad o‘tkazish rejalashtirilmagani haqida xabar bergan edi.

Qurolli Kuchlar Bosh shtabi vakili Dauren matbuot anjumanida harbiy paradni o‘tkazishdan bosh tortishga byudjetni tejash sabab bo‘lganini ta’kidlagan.

«9 may kuni parad o‘tkazilmaydi. Mudofaa vazirligi tejalgan mablag‘ni jangovar shaylikni saqlash va qo‘shinlarning harakatchanligini oshirishga sarflaydi», deygan Dauren Abdullin.

Shuningdek, u Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida qozog‘istonlik harbiylarning Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etishi masalasi ko‘tarilmaganini aytgan.

Ria Novostining xabar berishicha, Moskvadagi Qizil maydon 27 apreldan 10 maygacha G‘alaba bayramiga tayyorgarlik munosabati bilan jamoatchilik uchun yopiq bo‘ladi.

Shuningdek, 8-9 may kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Moskvaga tashrifi rejalashtirilgan, u paradda qatnashishga qaror qilgan.