Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 51 ming nafardan oshib ketdi
- 08.07.2020 14:40
- 120
- COVID-19
Qozog‘istonda so‘nggi kecha-kunduzda 1376 nafar koronavirus holati qayd etildi, umumiy kasallanganlar soni 51059 nafarga yetdi. Bu haqda 8 iyul kuni mamlakatning koronavirusga qarshi kurashish komissiyasi xabar qildi.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 6 iyul holatiga koronavirus oqibatida 264 nafar o‘lim holati qayd etilgan. Mamlakatda o‘lim holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar har haftada bir marta yangilanadi. Shu bilan birga, mamlakatda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 16,9 ming nafardan oshdi.
“So‘nggi kecha-kunduzda 1376 nafar koronavirus holati qayd etildi, ulardan 529 nafarida kasallik alomatlari kuzatilgan va 847 nafarida kasallik alomatlari kuzatilmagan”, deyilgan komissiya xabarida.