Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik eru xotinga yordam ko‘rsatildi
- 23.03.2021 16:48
- 44
- O‘zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosi o‘tgan yilning noyabridan buyon Qozog‘istonda bir ish beruvchining qo‘lidan boshqasiga o‘tkazilayotgani, homilador ayolini pasportsiz vatanga jo‘nata olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ushbu holat yuzasidan mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari hamkorlikda o‘rganish olib bordi. Haqiqatan ham qozog‘istonlik ish beruvchi tomonidan B.Saiboyev va uning xotinining pasporti olib qo‘yilganligi aniqlangan.
Qozog‘istonlik ish beruvchi va mas’ul tashkilotlar bilan tegishli muzokaralar olib borilib, ushbu vatandoshlarimizning pasportlarini olib berishga erishildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda B.Saiboyev Turkiston shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Uning ayoli O‘zbekistonga qaytarildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:26
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- Kecha, 16:08
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Kecha, 16:07
- Mutolaa