Qozog‘istonda sevishganlarning nechta qabri bor?
2018 yili qozog‘istonlik bir guruh arxeolog olimlar Qarag‘anda viloyati Shet tumanidagi qadimgi qabristondan topgan topilmalar butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi.
Qiziltov qabristonida olib borilgan qazishmalarda yigit va qizning bitta qabrga yuzma-yuz joylashtirib ko‘milganligi aniqlandi. Ular yonida topilgan oltin va bronzadan yasalgan maishiy hamda zargarlik buyumlari bronza davriga, aniqrog‘i eramizdan avvalgi II ming yillikka borib taqaladi. Qabrdagi sevishganlar 16-17 yoshda bo‘lishgan.
Qarag‘anda davlat universitetining bir guruh areologlari Sariarka cho‘llarida olib borgan navbatdagi qazishmalari chog‘ida 3 ming yil ilgari bunyod etilgan ehrom qoldiqlarini topishdi. Mazkur yer osti qabristonida 5 ta yirik chilqo‘rg‘on borligi aniqlandi. Ulardan birida yana bir baxtsiz juftlik ham dafn qilingan ekan. Ularni ko‘mganlar o‘limidan so‘ng birga bo‘lishiga ishonib bitta qabrga yonma-yon dafn qilishgan.
Tinib-tinchimagan arxeologlar joriy yili yana bir qadimgi qabrga duch kelishdi. Bu yerda ham yoshlar yuzma-yuz yotqizilgan holatda ko‘milgan bo‘lib kelinning qo‘llarida ikkita bilaguzuk, peshonasi va bo‘ynida ham bronza taqinchoqlari bo‘lgan. Shuningdek, qabrda yulduzlar va xoch o‘yib tushirilgan dumaloq shakldagi bronza taxtachalar va oltin taqinchoqlar topildi.
Birinchi qabrdagi yigit va qiz - jangchi va uning rafiqasi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. «The Sun» nashri «Bronza davrining Romeo i Julettasi xuddi Sheksperning asaridagi sevishgan yoshlardek, o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar qurboni bo‘lishgan», deb yozmoqda. Daxmadan jangovar arava qo‘shilgan ikki otning ham suyak qoldiqlari topilganligi jahon hamjamiyatini qiziqtirib qo‘ydi.
Dilmurod TO‘XTAYeV tarjimasi.