Qozog‘istonda so‘nggi bir haftada 210 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

Qozog‘istonda 13-19 iyul kunlari koronavirusdan vafot etganlar soni 210 nafarni tashkil etdi. 20 iyul holatiga umumiy vafot etganlar soni 585 nafarga yetdi. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

12 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 375 nafarni tashkil etgan edi. Ayni vaqtda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 oqibatida qayd etilgan o‘limlar sonini har haftada bir marta yangilash tajribasini qo‘llamoqda.