Qozog‘istonda vaksina pasporti sotgani uchun hamshiralar hibsga olindi
- 09.07.2021 18:19
- 27
- Xorij
Qozog‘istonning uchta viloyatida hamshiralar koronavirusga qarshi emlanganlik pasporti sotayotganida hibsga olindi, deya ma’lum qildi respublika Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi Marat Axmetjanov.
"Kecha mamlakatimizning uch mintaqasida vaksina-pasport savdosi bilan shug‘ullangan tibbiyot xodimlari hibsga olindi, ular emlanmagan kishilarga hujjat to‘ldirgan. Vaksinani esa tashlab yuborishgan. Ko‘rib turganingizdek, aholi salomatligi evaziga daromad qilinmoqda, byudjetdan ajratilgan mablag‘ behuda sarflanmoqda», dedi Axmetjanov boshqarma kollegiyasida.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, xodimlar Nur-Sulton, Akmola va Olma-ota viloyatlarida hibsga olingan.