Qozog‘istondagi konda olti kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Abayskaya” konida metan chiqishi oqibatida olti nafar konchi halok bo‘ldi, ikki nafari jarohatlandi, deb xabar berdi respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea kecha, yakshanba kuni soat 09:30 (Toshkent vaqti bilan 08.30) da sodir bo‘lgan.

“Qarag‘anda viloyati Favqulodda vaziyatlar departamenti dispetcherlik xizmatiga Abay shahridagi «Abay» konida K10 ventilyasiya driftining tubida metan gazi chiqqani haqida ma’lumot kelib tushdi... Konda bo‘lgan 6 kishi halok bo‘ldi, 2 nafar jarohatlangan ishchi reanimatsiyada”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Dastlabki ma’lumotlarda keltirilishicha, konda 64 nafar ishchi bo‘lgan, 56 nafar konchi mustaqil ravishda yer yuzasiga chiqqan.

Konda ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilgan. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda 20 dan ortiq qutqaruvchi, uchta texnika jalb etilgan.

Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin topshirig‘iga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilyin boshchiligidagi komissiya voqea joyiga jo‘nab ketgan.