Qozog‘istonlik tadbirkor ayol O‘zbekistonga suyultirilgan gazni noqonuniy eksport qilgan
- 04.11.2021 18:27
- 123
- Xorij
Chimkent shahridagi korxona direktori bo‘lgan ayol O‘zbekistonga suyultirilgan gazni noqonuniy yo‘l bilan yetkazib berganlikda aybdor deb topildi.
Qayd etilishicha, tergov davomida ayol 2020-2021 yillar davomida noma’lum shaxslardan suyultirilgan gazni sotib olib, soxta hujjatlar bilan bojxona chegarasi orqali og‘irligi 966 tonnadan ortiq bo‘lgan suyultirilgan gazni noqonuniy ravishda 146 million tengedan ortiq mablag‘ga O‘zbekiston va Tojikistonga sotganligi aniqlangan.
Sud hujjatlarni qalbakilashtirish va noto‘g‘ri ko‘rsatilgan kompaniyalar bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganini tasdiqlagan.
Ayolga nisbatan 4,3 million tenge miqdorida jarima qo‘llangan. Shuningdek, kontrabanda tovarlar miqdori ham undiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa