Qulupnay iste’mol qilish qon bosimi xavfini 8 foizga kamaytiradi
Yuqori qon bosimi har qanday yoshdagi odamlarda, jumladan, bolalar va o‘spirinlarda ham uchraydi. Baltimor shahridagi “Mercy Medical Center” klinikasi shifokori Dana Simpler buning sababi zamonaviy turmush tarzi ekanligini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, stress darajasi va jismoniy faollikning yetishmasligi bilan bir qatorda, ovqatlanish bilan bog‘liq muammolar ham ta’sir o‘tkazadi. Ushbu omillarning barchasi qon bosimining oshishiga yordam beradi. Uni ko‘pincha “jim qotil” deb ham atashadi. E’tiborsizlik insonning yurak va buyrak yetishmovchiligi, tutqanoqlar va qon quyilishlariga olib kelishi mumkin.
Dori-darmon qon bosimini pasaytirish bo‘yicha birinchi tavsiya etilgan vosita bo‘lsa-da, o‘simliklardan tarkib topgan oziq-ovqatlar yana bir samarali usuldir. Amerika Yurak assotsiatsiasi tomonidan chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, kaliy qon tomirlari devoridagi keskinlikni kamaytirish orqali qon bosimini pasaytiradi, deb yozadi The Beet.
Mutaxassislar kaliyga boy quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilishni masalahat berishadi:
Bular banan, kivi, kartoshka va avokado. Masalan, banan kunlik ehtiyojning 1/10 qismini qoplay oladi. Bundan tashqari, asal, qo‘ziqorin va dukkakli mahsulotlar ham kaliyga boy. Kunlik ratsion tarkibida nitratlar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan quyuq bargli ko‘katlar va lavlagi qo‘shilishi kerak. Ular qon bosimini normallashtirish uchun tanada azot oksidi ishlab chiqarishga yordam beradi. 34000 kishida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari chernika va qulupnay iste’mol qilish qon bosimi xavfini 8 foizga kamaytirishini ko‘rsatdi.
Avvalroq Profile.ru oddiy qora yong‘oqlar qon bosimiga qarshi vosita ekanligi to‘g‘risida xabar bergan edi. Ular tarkibida yallig‘lanishga qarshi birikmalar mavjud va tanaga boshqa kasalliklarga qarshi ustunlik ko‘rsatib xizmat qila oladi, deydi mutaxassislar.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.