Radiaktiv chiqindilar qabristoni

Dunyodagi barcha AESlar radioktiv chiqindi chiqaradi. Ular shunday ishlaydi, boshqa iloji yo‘q. Bu chiqindilar vaqtincha omborlarda saqlanadi va tevarak-atrof uchun o‘ta xatarlidir.

Xo‘sh, nima qilish kerak?

Finlandiyaning shimolida noyob ombor qurilmoqda. Bu regionda zilzila xavfi yo‘q. Ombor murakkab yerosti inshooti hisoblanadi. Qurilish eng zamonaviy texnikalar yordamida 500 metr chuqurlikda olib borilmoqda. Chiqindilar keng zallarda saqlanadi. Omborxona to‘lgach, (bu hisob-kitoblarga qaraganda 100 yildan keyin bo‘ladi) oxir beton qopqoqlar bilan mahkamlab tashlanadi.

Fin yerosti giganti xizmat muddati 100 ming yil. Omborxona shunday beton bilan qoplanadiki, yer ostin-ustun bo‘lib ketganda ham radionuklidlar yuzaga sizib chiqmaydi. Omborxona usti yana slans kuli va turli tabiiy materiallar bilan 10-13 metr qoplanadi.

T.Shomurodov tayyorladi.